04/07/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2020- yil 11-  noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 710- sonli qarori talablariga asosan, Toshkent viloyatining tumanlari  va shaharlarida yangidan tashkil etilgan Ro‘yxatga olish bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari  ishtirokida 2022- yilning 4- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “onlayn” tarzda seminar o‘tkazildi.

Seminar jarаyonida  boshqarmaning mutasaddi xodimlari tomonidan  aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun- mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.