04/07/2022

2022- yil yanvar-mart oylarida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushining eng yuqori ko‘rsatkichi Qashqadaryo viloyatida  kuzatilib, hududdagi jami investitsiyalarning 53,5 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich Buxoroda 53,3 %, Xorazmda 53,1 %, Qoraqalpog‘istonda 49,5 %, Surxondaryoda 48,4 %, Toshkent viloyatida 47,4 %, Samarqandda 46,4 %, Farg‘onada 43,9 %, Andijonda 42,7 %, Toshkent shahrida 37,0 %, Namanganda 35,7 %, Navoiyda 36,1 %, Jizzaxda 27,7 % va Sirdaryoda 16,1 % darajasida qayd etildi.