01/07/2022

O’zbekiston maktablarida xorijiy yoki qo‘shimcha til sifatida rus tilini o‘rganishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilar soni 640 mingdan ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

2021-2022-o‘quv yili boshida o‘rganiladigan tillar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

✔️ rus tili - 643 ming o‘quvchi;
✔️ qoraqalpoq tili - 126 ming o‘quvchi;
✔️ tojik tili – 65 ming nafar o‘quvchi;
✔️ qozoq tili – 54 ming nafar o‘quvchi;
✔️ turkman tili – 11 ming nafar o‘quvchi;
✔️ qirg‘iz tili – 8,2 ming nafar o‘quvchi;
✔️ ingliz tili – 1,5 ming nafar o‘quvchi.

O’zbekistonda jami maktab o‘quvchilari soni 6,2 millionga yaqin.