25/05/2022

2022- yil yanvar-aprel oylarida yuqori o‘sish moliya xizmatlarida (130,6 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (124,9 %),  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda (121,8 %), ta’lim sohasidagi xizmatlarda (118,5 %), shuningdek boshqa xizmatlarda (117,7 %) qayd etildi.Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining biroz o‘sishi ijara xizmatlarida (102,7 %) qayd etildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 124,9 %;

Moliyaviy xizmatlar – 130,6 %;

Transport xizmatlari – 105,8 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 108,3 %;

Savdo xizmatlari – 113,7 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 112,8 %;

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 118,5 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 106,0 %;

Ijara xizmatlari – 102,7 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 109,6 %;

Shaxsiy xizmatlar – 109,9 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 121,8 %;

Boshqa xizmatlar – 117,7 %.