19/04/2022

Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev, Narx statistikasi bo'lim boshlig'i M. Mirasrorov, Bo'ka tuman statistika bo‘limi narx registratori K. Sattorov ishtirokida Bo'ka tumanidagi uyushgan savdo majmualarida 5-narx (iste'mol) oylik hamda 5-do'kon haftalik kuzatuvlari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, savdo majmualaridagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Kuzatuv jarayonida narxlarni planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha registratorga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Bo'ka tumanidagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.