📊 Toshkent viloyatining barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoni asosida «Biznesni ro‘yxatga olish» tadbirini samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Seminarlar davomida tadbirning maqsadi va vazifalari, tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, ma’lumotlarni to‘plash hamda tadbirkorlar bilan ishlash tartibi bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.


