O‘rta Chirchiq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoni asosida «Biznesni ro‘yxatga olish» tadbirini samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbir boshqarma bosh yuriskonsulti F. Jo‘rayev hamda O‘rta Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i T. Po‘latov tomonidan tashkil etildi.
Ishtirokchilarga «Biznesni ro‘yxatga olish» tadbirining mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek, jarayonda hokim yordamchilarining asosiy vazifalari tushuntirildi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarning aniqligi va haqqoniyligini ta’minlash, tadbirkorlar bilan samarali muloqot olib borish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


