Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiriga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari tashkil etildi

 Ayni kunlarda Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda jarayonga jalb etiladigan mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

 Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Seminarlar davomida: hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini to‘liq aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hududning real iqtisodiy holatini aks ettiruvchi ishonchli va aniq ma’lumotlar bazasini yaratish, ro‘yxatga oluvchilarga savolnomalarni to‘g‘ri va shaffof to‘ldirish, tadbirkorlar bilan ochiq hamda xushmuomala muloqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, seminarlar jarayonida tadbirni sifatli va samarali tashkil etish, ma’lumotlarni aniq shakllantirish hamda belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.