Angren shahrida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiriga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi

📊2026-yil 17-sentabr kuni Angren shahrida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda jarayonga jalb etiladigan mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.