📌 Toshkent va Yuqori Chirchiq tumanlarida hokim yordamchilari uchun “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etishga qaratilgan o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.
💬 Seminarlar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirining mazmun-mohiyati, maqsadi va asosiy vazifalari batafsil tushuntirildi.
🔹 Hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini to‘liq aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;
🔹 Tumanlarning real iqtisodiy holatini aks ettiruvchi ishonchli va aniq ma’lumotlar bazasini yaratish;
🔹 Ro‘yxatga oluvchilarga savolnomalarni to‘g‘ri va shaffof to‘ldirish, tadbirkorlar bilan ochiq va xushmuomala muloqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


