✅ Joriy yilning 17-sentabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mas’ullari tomonidan Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
📊 Seminar davomida 1(umumta’lim) statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibi batafsil tushuntirildi. Jumladan, o‘quvchilar soni va tarkibi, sinflar va ta’lim tillari bo‘yicha taqsimot, o‘quvchilarning yosh tarkibi, chet tillarini o‘rganishi, ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilar, pedagoglar, mashg‘ulotlarning smenalar bo‘yicha tashkil etilishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik hamda maktablarning asosiy infratuzilmasiga oid ma’lumotlarni hisobotda to‘g‘ri aks ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, statistik hisobotlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tushuntirishlar berildi.
📈 Ta’kidlanganidek, umumta’lim muassasalari bo‘yicha shakllantiriladigan statistik ma’lumotlar ta’lim tizimining mavjud holatini baholash, ehtiyojlarni aniqlash va sohani kelgusida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Seminar yakunida hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xolislik, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.


