📊Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Qibray tumanida hokim yordamchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirining mazmun-mohiyati va asosiy vazifalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv jarayonida biznesni ro‘yxatga olish tartibi, hududdagi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish hamda savolnomalarni aniq va shaffof to‘ldirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarning tadbirkorlar bilan samarali muloqot qilishi, savollarga to‘g‘ri javob berishi va jarayonni belgilangan tartibda tashkil etishi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
“Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida o‘quv seminarlari davom etmoqda.



