2026-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 790,3 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
So‘nggi besh yil davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi deyarli 2,9 barobarga oshib, 10 457,4 mlrd so‘mga ko‘paydi. Bu hududda investitsion faollik izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.



