10/07/2026

 Toshkent viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti hajmi joriy narxlarda 43,2 trln so‘mni tashkil etgan.

📊 YAHM tarkibida:

tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati — 41,9 trln so‘m

mahsulotlarga sof soliqlar — 1,3 trln so‘m.

📊 Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida: xizmatlar sohasi — 14,4 trln so‘m; sanoat — 20,6 trln so‘m; qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 4,2 trln so‘m; qurilish — 2,7 trln so‘m.