18/06/2026

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Yangiyo‘l shahri aholisi 89 368 kishini tashkil etdi. Shundan 43 590 nafari erkaklar, 45 778 nafari ayollardir. Demak, shaharda ayollar soni erkaklarga nisbatan 2 188 kishiga ko‘p.

3 oy davomida 341 nafar chaqaloq duvyoga kelgan va 116 nafar kishi vafot etgan. Shuningdek, 106 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 57 ta ajrim ro‘yxatga olingan.

Migratsiya jarayonlarida esa shaharga 492 nafar kishi ko‘chib kelgan, 233 nafar kishi esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan. Bu esa Yangiyo‘l shahrida aholi ko‘chib kelishi ko‘chib ketishdan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.