04/06/2026

 2026- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 13 386,9 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % o‘sishni qayd etdi.

Chakana savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, ular tomonidan 11 620,2 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 104,6 % ni tashkil etdi.

Yirik korxonalar tomonidan esa 1 766,7 mlrd so‘mlik chakana savdo aylanmasi shakllantirilib, o‘sish sur’ati 104,3 % ga teng bo‘ldi.

Shuningdek, uyushmagan savdo hajmi 1 847,6 mlrd so‘mni tashkil etib,  o‘sish sur’ati 104,1 % ni tashkil etdi.