2026-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent viloyatida 19,8 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibida quyidagi yo‘nalishlar yuqori ulushga ega bo‘ldi:
🛒 Savdo xizmatlari – 6 716,1 mlrd so‘m (34,0 %)
🍽️ Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 3 253,8 mlrd so‘m (16,5 %)
🚚 Transport xizmatlari – 3 392,7 mlrd so‘m (17,2 %)
💳 Moliyaviy xizmatlar – 1 953,2 mlrd so‘m (9,9 %)
📡 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 672,1 mlrd so‘m (3,4 %)
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 477,0 mlrd so‘m (2,4 %)
🎓 Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 466,7 mlrd so‘m (2,4 %)



