25/03/2026

Xususan, Navro‘z sayli tantanalari doirasida ularga Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tomonidan maxsus vaucherlar topshirilib, bu e’tibor va e’tirof bayram shukuhiga yanada fayz bag‘ishladi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar Prezident farmoniga muvofiq aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Mazkur muhim jarayon mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni aniq rejalashtirish, hududlar kesimida mavjud imkoniyat va ehtiyojlarni chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu keng ko‘lamli tadbirda mahallalar faollari, xodimlari va ko‘ngillilar katta fidoyilik bilan ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonining samarali va tartibli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.