2025- yilda Toshkent viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlariga 37,4 trln so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 47,2 % ini tashkil etdi, mashina, uskuna, inventor ishlari bo‘yicha 33,3 trln so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 41,9 %) va boshqa xarajatlarga 8,6 trln so‘m (10,9 %) o‘zlashtirildi.




