2026- yil yanvar oyida hududda jami 1 406,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining taqsimlanishi quyidagicha:
-
Bino va inshootlar qurish – 70,3 %
-
Fuqarolik obyektlarini qurish – 18,5 %
-
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 11,2 %




