Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etishda faol ishtirok etgan mahalla “yettiligi” vakillari munosib rag‘batlantirildi. Oqqo‘rg‘on tumani xokimi To‘ra Bobolov tomonidan ularga tashakkurnomalar hamda estalik sovg‘alar topshirildi.
Taqdirlash marosimida qayd etilganidek, aholini ro‘yxatga olish tadbiri hududdagi demografik holatni aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni to‘g‘ri rejalashtirish va manzilli islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ullar o‘z vazifasiga yuksak mas’uliyat bilan yondashib, fuqarolar bilan bevosita muloqot olib bordilar.
Ayniqsa, xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni aniq va xolis to‘plash, aholiga jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirish, turli savollarga batafsil javob berishda mahalla “yettiligi” vakillarining fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlash joizki, bunday e’tirof va rag‘bat joylardagi mas’ullarning ishga bo‘lgan ishtiyoqi va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.





