27/02/2026

2025- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlikning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidagi hajmi 48 368,9 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 91,5 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,6 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Bekobod (99,9 %), Ohangaron (99,8 %) va Chirchiq (99,9 %) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.