24/02/2026

➡️ Yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi belgilangan reja asosida, tizimli va uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 4–28-fevral kunlari mahalla vakillari xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolarga oid ma’lumotlarni zamonaviy planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.

✔️ Xususan, O‘rta Chirchiq tumanining Changtepa mahallasida ham ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi qizg‘in pallada davom etmoqda. Mahallaning “yettiligi” a’zolari xonadonma-xonadon yurib, aholini ro‘yxatga olish ishlarini sifatli, puxta va tizimli ravishda tashkil etmoqda.

Mazkur jarayon hudud aholisi to‘g‘risida ishonchli va dolzarb ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

src="images/2025_yigilishlar/240220261.jpg" alt="" />