2025- yilda Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 320,3 ming tonna go‘sht yetishtirildi.
Yetishtirilgan goʻsht hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102 % ni tashkil qildi.
Yetishtirilgan goʻshtning umumiy hajmidan 3,3 foizi fermer xoʻjaliklari hissasiga, 67,3 foizi dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 29,4 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.




