➡️ Yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi reja asosida, tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 4–28-fevral kunlari mahalla vakillari xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolarga oid ma’lumotlarni zamonaviy planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.
✔️ Xususan, Yangiyo‘l shahar hududida joylashgan Navro‘z mahallasida ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi qizg‘in pallada davom etmoqda. Mahallaning “yettiligi” a’zolari xonadonma-xonadon yurib, aholini ro‘yxatga olish ishlarini sifatli, puxta va tizimli ravishda tashkil etmoqda.





