Yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi tizimli ravishda olib borilmoqda. Joriy yilning 4–28-fevral kunlari mahalla vakillari xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolarga oid ma’lumotlarni planshetlar orqali elektron tizimga kiritmoqda.
✔️ Yuqori Chirchiq tumani mahallalarida mazkur jarayon zamonaviy axborot texnologiyalari asosida amalga oshirilib, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligi ta’minlanmoqda. Ro‘yxatga olish davomida aholi soni, ijtimoiy holati hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ko‘rsatkichlar atroflicha o‘rganilmoqda.





