10/02/2026

⚡️Nurafshon shahrida 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

⚡️Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

⚡️Yig‘ilish Nurafshon shahri prokurori T. Karimov raisligida o‘tkazilib, unda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonida qonuniylikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Birgalikda — aniq reja, samarali natija!