09/02/2026

 Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — an’anaviy, ya’ni xonadonma-xonadon yurib ma’lumot to‘plash jarayonlari joriy yilning 4–28-fevral kunlari davom etmoqda.

Mazkur bosqich doirasida Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Hurriyat” MFY hududida ro‘yxatdan o‘tmagan yoki onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ma’lumotlarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar qamrab olinmoqda.

Mahalla yettiligi tizimi xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolardan olinayotgan ma’lumotlar maxsus planshet qurilmalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tizimga kiritilmoqda. Bu esa ma’lumotlarning aniqligi, tezkorligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.