Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi.
🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar: — statistika — iqtisodiyot — moliya — axborot texnologiyalari — ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)
Shuningdek:
— bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari; — magistratura bosqichi talabalari.
📊 Tanlov bosqichlari Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich – hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi); 2-bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili); 3-bosqich – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.
1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.
📄 Hujjatlarni topshirish tartibi Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim: 📧 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
📃 Taqdim etiladigan hujjatlar: — Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari bilan); — Motivation letter; — Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma); — Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa); — Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa); — Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).
🏆 G‘oliblar va stipendiya Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafar g‘olib aniqlanadi. G‘oliblarga 2025–2026 o‘quv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️ +998 71 203 80 00 (ichki raqam: 1531)
Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” nizomida (https://stat.uz/img/news/ms_stipendiyasi_nizomi_16_01_2026_lotin_p98263.pdf) batafsil keltirilgan.




