04/02/2026

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bagʻishlangan videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi.

📊 Mazkur majlisda roʻyxatga olish jarayonining 1-bosqichi yakunlari atroflicha tahlil qilinib, 2-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🤝 Shuningdek, aholi bilan bevosita ishlovchi “mahalla yettiligi” xodimlarining mas’uliyati va asosiy vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎤 Videoselektor davomida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati tomonidan muhim ma’ruzalar qilinib, hududlarda roʻyxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

👉 Ushbu muhim videoselektor majlisida Nurafshon shahri hududiy shtabi hamda “mahalla yettiligi” xodimlari to‘liq tarkibda faol ishtirok etdi, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar qabul qilindi.