27/01/2026

Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolardan platformaga yana bir bor kirib, sertifikat oynasidagi ogohlantirishlarni diqqat bilan tekshirib chiqishlarini so‘raymiz.

 Agar ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilgan bo‘lsa, sertifikat oynasida ko‘k rangda «Sertifikat tasdiqlandi» yozuvi aks etadi.

 Agar savolnoma xatolar yoki kamchiliklar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, tizimda joriy etilgan mantiqiy nazorat va sun’iy intellekt tekshiruvidan so‘ng sertifikat yonida qizil rangda «Ma’lumot tasdiqlanmadi» degan ogohlantirish paydo bo‘ladi.

 Hurmatli yurtdoshlar, savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldiring, har kuni o‘tkazilayotgan sovrinli o‘yinda ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.