✅ O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali sovg‘alar bilan taqdirlash e’lon qilingan edi.
🎉 Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi sovrindorlar aniqlandi. Xususan, Toshkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Umirzoqov Sherzod Janobovichning oila a’zosiga tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.
👉 Bu esa onlayn ro‘yxatdan o‘tish nafaqat muhim fuqarolik burchi, balki real imkoniyatlar manbai ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.




