26/01/2026

 Toshkent tumanining Uch sada mahallasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari izchil va jadal sur’atda olib borilmoqda. Bu jarayon hudud rivoji uchun muhim bo‘lgan aniq ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mahallada ro‘yxatga olish ishlariga rais boshchiligida “yettilik” a’zolari faol jalb etilib, aholiga onlayn ro‘yxatdan o‘tishda bevosita ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Xonadonlarga tushuntirishlar berilib, ma’lumotlarni to‘g‘ri va mas’uliyat bilan kiritish bo‘yicha amaliy yordamlar yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur faollik fuqarolarning ishonchini mustahkamlab, kelgusida hudud ehtiyojlarini to‘g‘ri rejalashtirishga mustahkam asos yaratmoqda. Bugungi hamjihatlik ertangi taraqqiyot garovidir.