12/01/2026

Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan joylarda tegishli o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

 Xususan, bugun — 12-yanvar kuni Toshkent viloyati IIB boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi mas’uli I.Boltayev, boshqarma bosh yurist konsulti F.Jo‘rayev hamda IIB boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

 Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining asosiy maqsadlari, tadbirni amalga oshirish bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari, ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalarining tarkibi hamda amaliy jarayon bilan bog‘liq boshqa muhim jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.