12/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tumanida mahalla yettiligi xodimlari ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish tartibi, so‘rovnomalarni xatoliksiz to‘ldirish, shuningdek, xodimlarning vazifa va mas’uliyatlari atroflicha tushuntirildi.