Oqqo‘rg‘on tumanida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
🔺 Amaliy o‘quv seminarida 15-yanvardan 31-yanvargacha census.stat.uz veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollarga amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🔻 Shuningdek, seminar ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Bundan tashqari, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni amalga oshirish bosqichlari, ro‘yxatdan o‘tish savolnomasining tarkibi hamda amaliy jarayon bilan bog‘liq boshqa muhim ma’lumotlar ham ishtirokchilarga yetkazildi.





