☑️ Chirchiq shahar statistika bo‘limi boshlig‘i T.Tojiyev tomonidan Uchuvchilar shaharchasida joylashgan 23229-sonli harbiy qism xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
〽️ Seminarda ishtirokchilarga 2026- yilning 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish tartibi, shuningdek jarayonni belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
⚡️ Mas’ul mutaxassislar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish ketma-ketligi, jarayonning asosiy bosqichlari hamda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar atroflicha tushuntirildi.
⚡️ Shuningdek, internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

src="images/2025_yigilishlar/120120252.jpg" alt="" />



