Bo‘ka tumanida tuman statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida “Mahalla yettiligi” vakillari uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, jarayonning huquqiy asoslari, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, elektron axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish qoidalari hamda joylarda aholini xabardor qilishning samarali usullari bo‘yicha batafsil amaliy tushuntirishlar berildi.





