Toshkent viloyati Bekobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida “Mahalla yettiligi” vakillari uchun o‘quv seminarlarining so‘nggi bosqichi tashkil etildi.
✅ Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonining huquqiy asoslari, so‘rov varaqalarini to‘ldirish tartibi, elektron tizimga ma’lumot kiritish qoidalari hamda joylarda aholini xabardor qilish uslublari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
✅ Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarining sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.





