〽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-amaliyot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
〽️ Jumladan, Piskent tumanining “Taraqqiyot”, “Mustaqillik” va “Kultepa” mahallalarida mazkur jarayonlar doirasida amaliy o‘rganishlar olib borildi.
〽️ Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi, Piskent tumani statistika bo‘limi mas’ullari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.
〽️Amaliyot davomida aholi vakillari va uyushmagan yoshlar o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish tartibi, shuningdek elektron tizimlardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.





