⚡️Bugun Yuqori Chirchiq tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan maktab va bog‘cha direktorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
⚡️ O‘quv seminari jarayonida ishtirokchilarga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek jarayonni belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
⚡️ Mas’ul xodimlar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish ketma-ketligi, jarayonning asosiy bosqichlari hamda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar atroflicha tushuntirildi.
⚡️ Shuningdek, internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.





