Bugun Yuqori Chirchiq tumani statistika bo‘limi bashligi N. Usmonov tomonidan profilaktika inspektorlari uchun ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha rejalashtirilgan ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.
❇️Seminar davomida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda ma’lumotlarni aniq va ishonchli to‘plashning asosiy talablari yoritildi hamda sohadagi mutaxassislar tomonidan so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish va elektron tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.





