Oʻzbekistonda 2026-yil yanvardan aholini ro‘yxatga olish boshlanadi
2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
🔹 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish;
🔹 4–28-fevral oralig‘ida esa maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan uyma-uy yurib ro‘yxatga olish.
Rasmiylarga ko‘ra, barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qo‘llanadi.
Tadbir natijasida shakllanadigan statistik ma’lumotlar ijtimoiy himoya, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy va investitsiya siyosatini rejalashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti.
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar @census_2026 kanalida berib boriladi.




