O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari L. Mirsoatov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Jamoldinov boshchiligida Ohangaron tumani olis hududi — Koksaroy mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish tadbirlarining amalga oshirilishi, shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan asosiy vazifalar bo‘yicha fikr almashilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.





