04/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-amaliyot jarayonlari tashkil etildi.

Joriy yilning 4- dekabr kuni Toshkent viloyatining barcha hududlaridagi mahallalarda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi, hududiy statistika bo‘limlari mas’ullari hamda mahalla ettilik a’zolari ishtirok etmoqda.

Amaliyot davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ettilik a’zolariga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.