Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tumanning Niyozbosh hamda G‘alaba mahallalarida amaliyot jarayonlari olib borilmoqda.
Yangiyo‘l tumanida 2025-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-amaliyot jarayonlari tashkil etildi.
〽️Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi, Yangiyo‘l tumani statistika bo‘limi xodimlari hamda mahalla ettilik a’zolari ishtirok etdi.
〽️Amaliyot davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
〽️Ettilik a’zolariga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.





