O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida Bosh prokuratura hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari ishtirokida tuman ishchi guruhi mas’ullari bilan muzokara o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi va kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.




