28/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Shu ma’noda Madaniyat vaziri o‘rinbosari B. Ahmedov Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga doir tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, shtab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shahar hokimi Alisher Rayimov  bilan birgalikda o‘rganish davomida vazir o‘rinbosari mas’ullarga ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berdi..