28/11/2025

〽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakat bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

💠 Shu munosabat bilan Angren shahrida joylashgan harbiy qismlar xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ma’lumotlarni aniq va ishonchli yig‘ishning asosiy talablari batafsil tushuntirildi.

💠 Seminar davomida mutaxassislar tomonidan so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.