27/11/2025

 2025- yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlikning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidagi hajmi 34 197,9 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 94,6 % ni tashkil etdi.

O‘sish sur’ati 2024- yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 117,2 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Bekobod (100,0 %), Ohangaron (99,9 %) va Chirchiq (99,9 %) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.